11 sentabr kuni energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov iştirokida OAV vakillari bilan oçiq muloqot ötkazildi.
Uçraşuvda energetika tizimidagi muammolarning yeçimi uçun zarur bölgan islohot – sohada bozor mexanizmlarini joriy etiş yuzasidan fikrlar bildirildi.
“Import qilinadigan texnologik uskunalar yoki boşqa mahsulotlarning narxi oşib bormoqda. Lekin tariflar özgarmagani natijasida 1 kWh elektr energiyaning tannarxi 800 sömdan yuqoriroq. Ammo, tok aholiga 295 sömdan, yuridik şaxslarga 450 sömdan berilmoqda. Yetmagan qismi esa davlat budjeti hisobidan subsidiyalanib kelmoqda”, dedi Jörabek Mirzamahmudov.
Energetika vazirining qöşimça qilişiça, har qanday texnik uskuna ma’lum muddatdan keyin almaştirilişi kerak, ammo ayni paytda tariflar bozor narxlariga töğri kelmasligi sababdan Özbekiston energetika tizimiga investorlar kirib kelmayapti.
“Har qanday uskuna 15 yilda kapital ta’mirlanadi, almaştiriladi. Juda bölsa, 25 yil işlatiliş közda tutilgan. Lekin, bugungi kunda respublikadagi past kuçlanişli tarmoqlarning 37,6 foizidan 40 yildan ortiq muddatdan beri foydalanilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga ötmoqçi bölsak, tariflar ham liberallaştirilişi kerak. Yöqsa, bu sohaga investitsiya ham kelmaydi, modernizatsiya ham bölmaydi, natijada özimiz jabr köramiz”, deydi vazir.
Ma’lumot uçun, energetika tariflari sönggi 4 yildan buyon özgarmay kelmoqda. Iqtisodçilarga köra, tarmoqdagi mavjud muammolarni sohada bozor mexanizmlarini joriy etmasdan turib töliq hal qilib bölmaydi. Bu esa investorlarni jalb qiliş uçun tarif islohotini taqozo qiladi.











