O‘zbekiston | 16:25 / 12.09.2023
4681
2 daqiqa o‘qiladi

Har yili 500 nafar yoshlar xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi

7 yillik strategiyada, shuningdek, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish, tug‘uruq o‘rinlari sonini 35 foizga oshirish, 2026 yilgacha kambag‘allikni 2022 yilga nisbatan 2 barobarga qisqartirish kabi maqsadlar ham o‘rin olgan.

“O‘zbekiston–2030” strategiyasining “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” yo‘nalishidagi maqsadlari belgilandi.

Aholi salomatligini ta’minlashda:

  • o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish;
  • tibbiyotga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmini 2 barobarga oshirish;
  • tug‘uruq o‘rinlari sonini 35 foizga oshirish;
  • har yili 55 va undan katta yoshdagi aholini 100 foiz tibbiy profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish.

Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish:

  • “To‘siqsiz turizm” dasturi doirasida har bir viloyatdan yiliga 1000 nafardan nogironligi bo‘lgan shaxslarning Samarqand, Buxoro va Xivaga bepul sayohatlarini tashkil qilish;
  • 2026 yilga qadar kambag‘allikni 2022 yilga nisbatan 2 barobarga, 2030 yilga qadar esa keskin qisqartirish;
  • kambag‘allikka tushish xavfi mavjud 4,5 million aholi daromadini oshirish;
  • mehnatga layoqatli aholini, shu jumladan yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni barqaror va samarali bandligini ta’minlash orqali ishsizlik darajasini 7 foizgacha tushirish.

Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo‘nalishlaridagi islohotlar

  • har yili 500 nafar iste’dodli yoshlarni xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuborish;
  • yoshlarning ishsizlik darajasini 14 foizdan 11 foizga kamaytirish.

Mavzuga oid