Germaniya kansleri Shols Ukrainadagi «xayoliy tinchlikka» qarshi chiqdi
Olaf Shols huquqiy tamoyillarga asoslangan haqiqiy tinchlik kelishuvining muhimligini ta’kidladi. U yana o‘zini Rossiyadan himoya qilgan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish tarafdori ekanini aytdi.

Foto: Bernd von Jutrczenka/dpa/picture alliance
Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainada «xayoliy tinchlik» o‘rnatilmasligi kerakligi haqida ogohlantirdi. «Biz faqat nomigagina tinchlik deb ataladigan dabdabali yechimlardan ehtiyot bo‘lishimiz kerak», dedi u 12 sentabr, seshanba kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan Sant'Egidio jamiyatining xalqaro tinchlik konferensiyasida so‘zlagan nutqida.
«Agar jamiyat urush mantig‘iga amal qilmasa, unda bu - to‘g‘ri. Lekin amalda tajovuzkordan himoyalanish kerak. Ukrainaliklar har kuni o‘z ozodligi, o‘z vatani, hayotini hukmdorlarning imperiyacha, tarixan ko‘r-ko‘rona xayollaridan himoya qiladi. Ammo ukrainaliklar tinch kelajakka intilishni ham his qilmoqda, buni prezident Volodimir Zelenskiyning tinchlik rejasi tasdiqlaydi», dedi Shols.
Federal kansler nufuzli davlatlarni muzokaralar stoliga o‘tkazish mumkin bo‘lganini ma’qulladi, ular hozir Ukrainani tinch yo‘l bilan tartibga solishning asosiy tamoyillarini ilgari surmoqda. «Bu sabr va vaqtni talab qiladi. Rossiya Ukrainani bombardimon qilishda, davom etar ekan, bizda haqiqatan ham vaqt yo‘q», - dedi u.
Ukrainaga yordam ko‘rsatish
Olaf Shols yana Ukrainaga yordam ko‘rsatish jarayonini himoya qildi. «Erkinliksiz dunyo zulm deb ataladi. Adolatsiz dunyo diktatura deb ataladi. Biz Ukrainaga qurol yetkazib berishni xalqaro hamkorlar bilan juda yaqindan muvofiqlashtiramiz, ammo bu mening qonun zo‘ravonlikni yengishi kerak, aksincha emas, degan asosiy ishonchimni hech qanday tarzda o‘zgartirmaydi». ta’kidladi u.
«Biz Ukrainani o‘zini mudofaa qilish huquqini kerak bo‘lguncha qo‘llab-quvvatlaymiz. Men buni nafaqat siyosiy va strategik, balki tinch va axloqiy nuqtayi nazardan ham zarur deb bilaman», - dedi Shols.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

00:06
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi

20:58 / 16.05.2025
Juda afsusdamiz – Yevropa yetakchilari Istanbulda o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralariga izoh berdi

19:01 / 16.05.2025
Istanbulda Rossiya–Ukraina muzokaralari yakunlandi. Asosiy ma’lumotlar

18:23 / 16.05.2025