«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘zi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2023 yil noyabr oyida:

  • «El-yurt umidi» jamg‘armasi ko‘magida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish rejasini ishlab chiqish;
  • umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.

Avvalroq, prezident maktab direktorlari va o‘rinbosarlarining oyligini oshirish haqida topshiriq bergan edi.