Vazirlar Mahkamasi qarori bilan maxcyc iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Mazkur hujjat bilan 2023 yil 1 dekabrdan quyidagi davlat xizmatlari, YaIDXP va davlat xizmatlari markazlaridan tashqari, maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasi tomonidan ham amalga oshiriladi:

  • investitsiya loyihalarni joylashtirish;
  • ishtirokchilarni ro‘yxatga olish;
  • investitsiya loyihalarni amalga oshirish va ijara shartnomalarini imzolash.


Ushbu qaror bilan tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatish reglamenti tasdiqlanmoqda. 

Ariza va ilovalarni qabul qilgandan so‘ng, direksiya:

  • 10 kun ichida investitsiya loyihasini amalga oshirish haqida qaror qabul qiladi;
  • loyiha uchun talab etiladigan yer maydoni va binoni onlayn-auksionga chiqaradi;
  • auksion g‘olibi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish haqida shartnoma imzolaydi;
  • kerakli hujjatlar va bir marotabalik yig‘imni taqdim etgandan so‘ng investorni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga oladi.