Kengaş a’zolari 2030 yilga qadar Özbekistonda gender tenglikka erişiş strategiyasini 2023 yilda amalga oşiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi ijrosini muhokama qildilar. 

Birinçi yarim yillikda mazkur Dastur ijrosi böyiça tegişli işlar amalga oşirilganligi qayd etildi. Ta’kidlanganidek, xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oşiriş, ularni rahbarlik lavozimlariga tayyorlaş, ilm-fanni rivojlantiriş, ayollar malakasini oşiriş maqsadida olima xotin-qizlar iştirokida “PhD sari qadam” mavzusida öquv kursi, “Kelajak: ilmli qizlar hamjamiyati” ta’lim-almaşinuv dasturi yölga qöyilgan. 

Inson huquqlari va gender tenglik masalalari böyiça rahbar kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakaviy salohiyatini kuçaytiriş böyiça öquv kurslari joriy qilingan. 

Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş markazlari tomonidan mehnat jamoalarida zöravonlik turlari va ularning oldini oliş böyiça

qisqa muddatli seminar-trening taşkil etilib, 2 mingdan ziyod iştirokçi qamrab olingan. 

Majlisda senatorlar tomonidan Gender tenglikka erişiş strategiyasi doirasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlaşdagi kamçiliklar tanqidiy muhokama etildi. 

Xususan, zöravonlik sodir etgan şaxslarning xulq-atvorini özgartiriş böyiça reabilitatsiya tadbirlarini öz içiga olgan maxsus dastur işlab çiqiş vazifasi öz yakuniga yetkazilmaganligi qayd etildi. 

Davlat iştirokidagi korxonalarning kuzatuv kengaşiga nomzodlar yuzasidan e’lon qilingan tanlovlarga Milliy kadrlar zaxirasidagi xotin-qizlarning nomzodlarini jalb qilişga yetarliça e’tibor qaratilmagani tanqid qilindi. 

Şuningdek, senatorlar tomonidan davlat organlari va taşkilotlarida, hududlardagi korxona, taşkilot va muassasalarda xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlaş böyiça maslahat kengaşi organlari faoliyatini yölga qöyiş borasidagi işlarni jadallaştiriş zarurligi ta’kidlandi. 

Kengaş mutasaddi idora va taşkilotlarni 2030 yilga qadar Özbekiston Respublikasida gender tenglikka erişiş strategiyasini 2023 yilda amalga oşiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi doirasidagi vazifalarning öz vaqtida hamda sifatli bajarilişi masalalariga mas’uliyat bilan yondaşişga çaqirdi. 

Muhokamalardan söng mazkur masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senati Kengaşining tegişli qarori qabul qilindi.