Yaponiya hukumati töliğiça iste’foga çiqdi va boş vazir Fumio Kişida buni qabul qildi. Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi yaqin orada e’lon qilinişi kerak, deb xabar berdi Kyodo agentligi.
Qayd etilişiça, yangi tarkibda Vazirlar Mahkamasining 19 nafar a’zosidan 11 nafari almaştiriladi. Xususan, Taşqi işlar vazirligi va Mudofaa vazirligiga yangi rahbarlar tayinlanadi.
Bundan taşqari, hukumatda beş nafar ayol bölişi kutilmoqda, bu Yaponiya tarixidagi eng katta raqam.
Fumio Kişida vazirlar mahkamasini şakllantiriş böyiça Komeyto partiyasi rahbari, Liberal-demokratik partiyaning hukmron koalitsiyadagi şerigi Natsuo Yamaguçi bilan uçraşuv ötkazadi. Şundan söng, yangi hukumat tuziladi, uning tarkibi Yaponiya imperatori Naruhito tomonidan maxsus marosimda tasdiqlanişi lozim.
Boş vazirning Vazirlar Mahkamasini yangilaş istagi 2021 yilning kuzida xabar qilingan edi.
Kyodo agentligining yozişiça, mö’tadil siyosatçi Kişida islohot öz ma’muriyatiga turtki berişiga, uning Liberal-demokratik partiyasining Vakillar palatasidagi navbatdagi saylovlarda ğalaba qozonişiga yöl oçib berişiga va 2024 yilda LDP prezidentlik poygasi oldidan öz partiyasi içida qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişiga umid qilmoqda.

















