Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi Töpolong suv ombori yuqori qismidan yangi kömir konini özlaştiriş boşlandi.
Töpolong kömir koni havzasi dengiz sathidan 1450 metr balandlikda joylaşgan. Ayni paytda kömir konidan iste’molçilarga 35 ming tonna kömir zaxirasi qazib olinib, yetkazib berişga tayyorlab qöyilgan.
Kömir konida işlarni jadallaştiriş uçun 15 dan ortiq texnikalar jalb etilib, har kuni kömir taşiş 1000-1200 tonnagaça olib borilmoqda. Töpolong kömir konida hozirça aniqlangan kömir zaxirasi hajmi 11 mln tonna.
Qazib olinayotgan mahsulot eng avvalo ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan aholi vakillariga tarqatilmoqda. Manzilli röyxat asosida qöşimça 20 ming tonna kömir yetkazib berilişi belgilangan.
Hozirgi kunda Töpolong kömir koni havzasida köçkilar bilan boğliq xavfsizlikni ta’minlaş, mahsulot qazib oliş jarayonida kömir qatlamiga aniqlik kiritiş va yangi konlarni özlaştiriş işlari davom ettirilmoqda.

















