Voyaga yetmaganlar bilan ijtimoiy-huquqiy ishlash klasteri tizimi joriy etiladi
Bunda, o‘smirlarni uchta toifaga bo‘lgan holda mutasaddilar tomonidan “otaliqqa olish” tartibi belgilanadi.
O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi. Murojaat matni “Yangi O‘zbekiston” nashrida e’lon qilingan.
Ma’lum qilinishicha, “Oila – mahalla – maktab – mustaqil hayot” tamoyili asosida tarbiyasi og‘ir o‘smirlarga vazirlik, idora va tashkilot rahbarlari biriktiriladi, mustaqil hayotga tayyorlash davrida ular bilan yakka tartibda ishlash tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun “Voyaga yetmaganlar bilan ijtimoiy-huquqiy ishlash klasteri” tizimi joriy etiladi. Bunda, o‘smirlarni uchta toifaga bo‘lgan holda mutasaddilar tomonidan “otaliqqa olish” tartibi belgilanadi.
Xususan, jinoyat sodir etgan yoki jinoyat qilishga moyil bo‘lganlarga huquq-tartibot idoralari rahbarlari va rahbar o‘rinbosarlari, ijtimoiy zararli xatti-harakat sodir etishi mumkin bo‘lganlarga davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari va rahbar o‘rinbosarlari, nazoratsiz va qarovsiz qolganlarga hokimliklar, ta’lim muassasasi direktorlari va mahalla raislari biriktiriladi.
“Xavfsiz oila” tamoyili asosida alohida ish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda ijtimoiy-maishiy muammosi hal bo‘lmagan oilalar bilan ishlash davlat idoralarining birinchi galdagi vazifasi etib belgilanadi. Sudda nizolashayotgan oilalar bilan manzilli ishlash bo‘yicha yagona idoralararo axborot tizimi ishga tushiriladi. Buning uchun sud organlariga nizoning mazmuni va undan kutilayotgan xatarlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha mahalla va ichki ishlar organlarini xabardor qilish, tahliliy tavsiya berish vazifasi yuklatiladi.
O‘z navbatida, ichki ishlar organlari, sud tavsiyasiga asosan, nizoli oilani o‘rganib, himoya orderi orqali “oilabay” profilaktik choralarni ko‘rish, sektor rahbarlari va mahalla raislariga oilaning maishiy muammolarini hal etishda yaqindan ko‘maklashish, adliya organlari esa nizolashayotgan oila bilan manzilli maslahatlashuv o‘tkazib, malakali huquqiy yordam berish ishlarini amalga oshiradi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

18:20 / 03.03.2025
Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi

12:30 / 03.03.2025
Po‘lat Bobojonov IIV rahbarligidan ketdi

10:21 / 22.01.2025
Ichki ishlar organlarida ma’muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi

16:02 / 22.04.2024