Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Nyu-Yorkda ötadigan BMTning Boş assambleyasida iştirok etadi. Bu haqda NBC nomi oçiqlanmagan ukrain amaldoriga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Zelenskiy 21 sentabr kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan körişadi. AP ma’lumotiga köra, ikki davlat yetakçisi örtasidagi uçraşuv Oq uyda bölib ötadi.
Bayden va Zelenskiy sönggi bor joriy yil iyulida NATOning Vilnyusda ötgan sammitida uçraşgandi.
Avgust oyida AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Kongressdan prezident Baydenning Ukrainaga qöşimça 24 mlrd dollar yordam paketi böyiça sörovini ma’qullaşni söragandi. Pentagon esa sentabrda Kiyevga körsatilayotgan harbiy kömakni nazorat qiluvçi guruh tuzdi.











