Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko 15 sentabr, juma kuni Soçida bölib ötgan uçraşuvda Ukrainadagi uruş, iqtisodiy hamkorlik va bir kun avval Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan muzokaralarni muhokama qildi.

Uşbu uçraşuv Ukraina uruşi fonida bölib ötdi, uning davomida, BMT ma’lumotlariga köra, 9,6 mingdan ortiq tinç aholi halok bölgan va 17,5 mingdan ortiq odam yaralangan; 16 milliondan ortiq ukrainaliklar öz uylarini tark etişga majbur böldi, ulardan 6 millionga yaqini boşqa mamlakatlarga çiqib ketdi. 

Lukaşenko Putinga: «Sizni Kim Çen In bilan körganimdan xursand böldim» 

«Siz va Kim Çen Inni Vostoçniy kosmodromida köriş juda yoqimli böldi. Öylaymanki, biz uç davlat – Şimoliy Koreya, Rossiya örtasidagi hamkorlik haqida öylaşimiz mumkin», — dedi Lukaşenko Putin bilan uçraşuvda. Kreml rahbari, öz navbatida, Lukaşenkoga Şimoliy Koreya yetakçisi bilan muzokaralar haqida ma’lumot berdi hamda Rossiya va KXDR «heç kimga tahdid solmasligini» ta’kidladi. Putinning sözlariga köra, Rossiya KXDR bilan munosabatlarni örnatişda heç qanday xalqaro me’yor va kelişuvlarni «heç qaçon buzmaydi va buziş niyatida ham emas». 

Ğarb ekspertlarining fikriça, Putin va Kim Çen In harbiy hamkorlik, xususan, Ukrainadagi uruşni davom ettiriş uçun Şimoliy Koreya qurol-yaroği va öq-dorilarini Rossiyaga yetkazib beriş masalalarini muhokama qilgan. Agar bunday yetkazib beriş boşlansa, bu «xalqaro huquqning oçiqdan oçiq buzilişi böladi», dedi avvalroq Stokholm tinçlik tadqiqot instituti eksperti Saymon Vezeman. Öz navbatida, Qöşma Ştatlar Şimoliy Koreya qurol-yaroğ yetkazib bergani uçun «yuqori narx tölaşi» bilan tahdid qildi. 

Putin 300 ming yangi askar haqida gapirdi 

Putin Lukaşenkoga Ukrainaga qarşi uruşga rossiyalik askarlarni yollaşdagi muvaffaqiyat haqida gapirib berdi. Uning sözlariga köra, 300 mingga yaqin kişi Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolagan yoki köngilli bölgan. Putin, şuningdek, bir neça kun oldin e’lon qilgan 270 ming askar haqidagi ma’lumotlar «allaqaçon eskirganini» ta’kidladi. 

Lukaşenko, öz navbatida, Putinga Ukrainada «öz muntazam harbiy qismlarini körişni xohlaydigan» Ğarb davlatlari haqida gapirdi. Belarus yetakçisining sözlariga köra, Polşada çegara yaqinida allaqaçon Ukrainaga kirişga tayyor bölgan harbiy qismlar tuzilgan.