Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migrantlarga oilalarini Rossiyaga olib borish taqiqlanishi mumkin
Rossiya Davlat Dumasida mehnat migrantlariga oilasini Rossiyaga olib borishni taqiqlash taklifi yangradi. Tashabbuskorlarga ko‘ra, bu chora budjet xarajatlarini kamaytiradi. Chunki oilada bir odam ishlayapti, qolganlari esa ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj.
Rossiyaga ishlash uchun kelgan shaxslar oilasi, xotini, bolalari, ota-onasini olib kelish huquqiga ega bo‘lmasligi kerak, dedi Kommunistik partiyasidan Davlat Dumasi deputati Mixail Matveyev. Uning ta’kidlashicha, oilada faqat bir kishi mehnat qilmoqda, qolganlari esa Rossiya davlati xarajatlariga muhtoj.
«Rossiyaga ishlash uchun kelgan va patent olgan shaxslar oilasi, xotini, bolalari, ota-onasini olib kelish huquqiga ega bo‘lmasligi kerak. Ulardan bir nafari ishlaydi, qolgan 5-7 nafari ishlamaydi. Ular Rossiyaning ijtimoiy ta’minotiga - bepul maktab, bolalar bog‘chasi, tibbiy yordamiga muhtoj. Buni vizasiz rejimni saqlab turgan holda amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu viza rejimini joriy qilish zarurligini bildiradi, garchi men bunga tayyor ekanimizga qattiq shubha qilsam ham», dedi Matveyev.
Deputatning fikricha, agar bunga chora ko‘irlmasa, rossiyalik soliq to‘lovchilarning «bo‘yniga o‘tiradiganlar» soni yanada ko‘payadi.
Avvalroq Matveyev Markaziy Osiyo va Kavkazortidan kelgan migrantlarga Rossiya fuqaroligini berish bo‘yicha tezlashtirilgan jarayonni uch oyga to‘xtatib qo‘yishga chaqirgan edi. Deputatning eslatishicha, deyarli har kuni Rossiya fuqaroligini olishning noqonuniy sxemalari oshkor qilingani haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda.
Matveyev so‘zlariga ko‘ra, Rossiya pasporti, yashash uchun ruxsatnoma olish jarayonlarida noqonuniy holatlar «juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan» va bu katta biznesga aylangan.
Mavzuga oid
11:40 / 14.07.2026
“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurod hikoyasi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
09:01 / 13.05.2026
AQSh bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi
18:17 / 20.04.2026