Yevropa Ittifoqi TikTok’ni 345 mln yevro miqdorida jarimaga tortdi
Ijtimoiy tarmoq voyaga yetmaganlarning shaxsiy ma’lumotlari bilan ishlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi qoidalarini buzgan. Kompaniya Yevropa Ittifoqi xulosalari va jarima miqdori bilan rozi emas.

Foto: Reuters
Tiktok ijtimoiy tarmog‘i ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha Yevropa qonunlarini buzgani uchun 345 million yevro jarima to‘lashi kerak. O‘smirlar orasida ommabop videoxizmat Yevropa Ittifoqining voyaga yetmaganlarning shaxsiy ma’lumotlari bilan ishlash bo‘yicha talablarini buzdi, deb xabar berdi 15 sentabr, juma kuni Tiktok’ning Yevropadagi bosh qarorgohi Irlandiyada joylashgani sababli, Yevropa Ittifoqi nomidan ish ko‘rayotgan Irlandiya ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi (DPC).
2021 yilda DPC 2020 yilning ikkinchi yarmida ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan videolarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, Xitoyning Bytedance konserni shu’ba korxonasi Tiktok’ga nisbatan surishtiruvni boshladi. Hozirda Tiktok’ning Yevropa Ittifoqida 130 milliondan ortiq foydalanuvchisi bor. Komissiya, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlarning postlari hech qanday cheklovlarsiz to‘liq ko‘rish uchun ochiqligini tanqid qildi.
13 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar ijtimoiy tarmoqda o‘z sahifasini ochishi mumkin edi
13 yoshga to‘lgach ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘lsa-da, ko‘plab yosh o‘smirlar akkauntlarini ochishga muvaffaq bo‘lgan. DPC ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya bu bolalar uchun xavflarni yetarli darajada hisobga olmagan. Shuningdek, o‘smirlarga o‘z sahifalarida ota-onalarining akkauntlaridan biriga ulanish imkonini beruvchi «oilaviy aloqa» funksiyasi tanqid qilindi, chunki Tiktok bu akkaunt haqiqatan ham o‘smirning ota-onasi yoki vasiysiga tegishli ekanini tekshirmaydi.
Tiktok rahbariyati jarimaga va ayniqsa uning hajmiga rozi emas hamda keyingi harakatlar imkoniyatini o‘rganmoqda, dedi kompaniya vakili AFP’ga. Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqning bahsli sozlamalari va funksiyalari 2020 yildan keyin o‘zgartirilganini ta’kidladi. Bu yil esa 13 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga tegishli bo‘lgan 17 million sahifa o‘chirilgan.
Joriy yilning aprel oyida Buyuk Britaniyada ICO idorasi ijtimoiy tarmoqqa 2020 yilda 13 yoshgacha bo‘lgan 1,4 million o‘smirni ro‘yxatga olish va ularning ma’lumotidan ota-ona ruxsatisiz foydalanishga ruxsat bergani uchun Tiktok’ni 12,7 million funt sterling (14,8 million yevro) miqdorida jarimaga tortdi. Xuddi shunday qoidabuzarliklar uchun ijtimoiy tarmoq Niderlandiyada 2021 yilda 750 ming yevro, 2019 yilda esa AQShda 5,7 million dollar (5,3 million yevro) miqdorida jarimaga tortilgan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

11:48 / 05.07.2025
YeIdan ikki tashkilot Rossiyadagi «nomaqbul» tashkilotlar reyestriga qo‘shildi

20:10 / 30.06.2025
Rossiya Yevropaning 15 ta OAV saytlariga kirishni chekladi

18:27 / 30.06.2025
YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana yarim yilga uzaytirdi

22:49 / 27.06.2025