16 sentabr kuni Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida köprik sinib, yöli çökib ketdi.

«Oqoltin tumani hududidan ötuvçi xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yölining 10 kilometrida joylaşgan zovur köprigining «Toşkent-Jizzax» yönalişidagi qismida oraliq qurilma balkalarining 5 tasida yoriq vujudga kelib, çökiş hosil bölgan», deyiladi Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Ma’lum qilinişiça, köprik 1990 yilda qurilgan, 2020 yilda qisman rekonstruksiya qilingandi.

Endilikda «Toşkent-Termiz» yönalişidagi barça avtotransport vositalari harakati vaqtinça çeklanib, uşbu yönalişdagi avtotransport vositalari harakati xalqaro ahamiyatdagi M-34 «Toşkent - Duşanbe» avtomobil yölining 104-152 kilometrlari hamda A-376 «Qöqon - Jizzax» avtomobil yölining 219-242 kilometrlari orqali taşkil qilindi.

Barça yönalişlarda YPX postlari taşkil qilinib, harakat xavfsizligini töliq ta’minlaş çoralari körilgan.

Ayni vaqtda mazkur köprikda ta’mirlaş-tiklaş işlari olib borilmoqda.

Şuningdek, avtotransport vositalarining mazkur yönalişda harakatini qayta yölga qöyiş uçun qöşimça ravişda zovur ustidan vaqtinçalik ötiş yöli qurişga qaror qilingan. Buning uçun 50 ga yaqin kuç va vositalar jalb qilinib, 3 smenada iş taşkil qilinmoqda.