Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida iştirok etiş uçun Nyu-York şahriga yetib bordi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni Nyu-York şahri meri Erik Adams, AQŞ-Özbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

Taşrif dasturiga muvofiq, 19 sentabr kuni Özbekiston rahbari Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi yalpi sessiyasining umumiy munozaralarida nutq sözlaydi hamda mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan öz nuqtayi nazarini bayon qiladi.
Yilning boş xalqaro siyosiy tadbiri doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qöşma Ştatlari yetakçilari sammiti, xorijiy davlatlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar va AQŞning yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uçraşuvlar ham bölib ötadi.













