Belarus hududida zamonaviy şaroitlarda uruş bölmaydi, bu mumkin emas. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko ma’lum qildi, deb xabar beradi BELTA.

«Prezident va Oliy boş qömondon sifatida bugun belaruslarga murojaat qilib, sizni işontirib aytmoqçiman: biz jang qilmoqçi emasmiz va jang qilmaymiz. Belarus hududida zamonaviy şaroitlarda uruş bölmaydi. Bu mumkin emas», dedi davlat rahbari.

Şu bilan birga, u, agar kerak bölsa, «respublikani sönggi askar va belaruslik qolguniça himoya qilamiz», deb ta’kidladi.

Siyosatçi yana bir bor Belarus heç kimga tahdid qilmasligini bildirdi. «Biz heç qaçon heç kimga tahdid qilmaymiz, bu bizning siyosatimiz emas. Obektiv ravişda ham biz heç kimga tahdid qila olmaymiz. Lekin biz kuçli yoki kuçsiz bölsak ham, özimizni himoya qilişga majburmiz. Bu bizning tarixiy rolimiz», dedi u.