«O‘zbekiston – 2030» strategiyasiga binoan davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Unga ko‘ra:

– kadrlar bilan ishlash bo‘yicha 2 mingdan ortiq tarkibiy tuzilmalar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish;

– davlat fuqarolik xizmatchilarini uzluksiz malaka oshirib borish tizimi bilan qamrab olish darajasini 100 foizga yetkazish;

– «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunda nazarda tutilgan davlat fuqarolik xizmati tizimini to‘liq ishga tushirish doirasida ushbu tizim bilan 70 dan ziyod davlat organlari qamrab olinishini ta’minlash;

– milliy kadrlar zaxirasida rahbarlik lavozimlariga nomzodlar sonini kamida 1000 nafarga yetkazish;

– davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini jamoatchilik fikri asosida baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.