Adliya katta maslahatçisi Abduqahhor Fayzulloyeviç Mullajonov Toşkent viloyati prokurorining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda boş prokurorning tegişli buyruği çiqarilgan.

Abduqahhor Mullajonov 1976 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan, ma’lumoti oliy, huquqşunos. 2002 yilda Toşkent davlat yuridik institutini (hozirda yuridik universitet) tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 2002 yilda Mirzo Uluğbek tumani prokuraturasida boşlab, Toşkent şahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2004 yildan Toşkent şahar prokuraturasi bölim katta tergovçisi, keyinroq Sergeli tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017–2018 yillarda Bektemir tumani prokurori lavozimida işlagan.

U 2018 yil iyulida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunçilik ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangan, 2021 yil aprelidan buyon Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida işlab kelayotgandi.

  • Ma’lumot uçun, Abduqahhor Mullajonov Özbekiston Markaziy bankiga 1991 yildan 2017 yil mayiga qadar (vafotigaça) rahbarlik qilgan Fayzulla Mullajonovning ikkinçi öğlidir.
  • Eslatib ötamiz, 2023 yil iyulida Toşkent viloyat prokurori Şavkatjon Rahimov işdan olingan, avgustda bungaça Andijon viloyati prokurori bölgan Sirojiddin Eşquvvatov Toşkent viloyati prokurori lavozimini egallagandi.