Seşanba kuni Ozarboyjon mudofaa vazirligi konstitutsiyaviy tizimni tiklaş uçun Qoraboğda lokal xarakterga ega bölgan «aksilterrorçilik tadbirlari»ni boşlaganini e’lon qildi.
«Uçtomonlama bayonotning bandlarini ta’minlaş, Qoraboğ iqtisodiy tumanida keng kölamli provokatsiyalarning oldini oliş, Armaniston qurolli kuçlari bölinmalarini qurolsizlantiriş va Ozarboyjon hududidan çiqariş, ularning harbiy ifnratuzilmasini neytrallaştiriş, okkupatsiyadan ozod qilingan hududlarga qaytgan tinç aholi vakillari, quriliş-tiklaş işlariga safarbar qilingan fuqarolik xizmatçilari va harbiylarning xavfsizligini ta’minlaş, şuningdek Ozarboyjon konstitutsiyaviy tizimini tiklaş uçun hududda lokal xarakterga ega bölgan aksilterrorçilik tadbirlari boşlandi», — deyiladi bayonotda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Xonkandi şahri uzra pilotsiz uçar qurilmalar uçib yurgani tavsirlari, Ozarboyjon qurolli kuçlari tomonidan turli harbiy obektlarga, jumladan, Armanistonning «Tor» havo hujumidan mudofaa tizimiga zarba berilgani aks etgan videolar tarqaldi.
Şuningdek, Ozarboyjon dronlarida olingan, Ozarboyjon artilleriyasi arman harbiylarining pozitsiyalari va kolonnalarini öqqa tutayotgani aks etgan tasvirlar ham paydo bölgan.
Amaliyot boşlaşdan oldin Ozarboyjon Qoraboğ uzra havo kengliklarini Armaniston aviatsiyasi uçun yopgan.
Ozarboyjon tomoni jangovar harakatlarni tugatiş uçun ultimatum qöydi. Taşqi işlar vazirligi mintaqada tinçlikka erişişning yagona yöli — Armaniston qöşinlarining Qoraboğdan töliq olib çiqilişi va Xonkandi (Stepanakert)dagi rejim tarqatib yuborilişi ekanini ta’kidladi.
Aksilterrorçilik operatsiyasi boşlanganidan keyin Ozarboyjon mudofaa vazirligi yana bir bayonot berdi:
«Armaniston qurolli kuçlari bölinmalari ötoçar qurollarni yaşaş joylariga yaqin joylaştirganini inobatga olib, biz bu hududdagi fuqarolarni harbiy obektlardan uzoqroq turişga va Armaniston QK bölinmalariga yordam bermaslikka çaqiramiz. Bu haqdagi axborot Ozarboyjonning Qoraboğ regioni aholisiga SMS-xizmat orqali jönatilgan.
Aholi ovoz kuçaytiruvçi texnik vositalar yordamida ogohlantirilmoqda va informatsion varaqalar tarqatilmoqda. Fuqarolar, şuningdek, ma’muriy, ijtimoiy, tibbiy, diniy va boşqa fuqarolik obektlarini qöriqlaş taşkil etiladi va ularning xavfsizligi Ozarboyjon Respublikasi qonunlari hamda xalqaro humanitar huquq me’yorlariga köra kafolatlanadi. Yoş bolali ayollar, qariyalar, şuningdek çeklangan jismoniy imkoniyatga ega şaxslarga zarur tibbiy va boşqa yordam körsatiladi, ular içimlik suvi va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi»,















