Boş prokuratura huzuridagi departamentning Uçtepa tuman bölimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. 

Tadbirda A.T. ismli şaxs fuqarolar M.A. va T.A.ga 3,3 ming dollar evaziga göyoki IIBda işlovçi tanişlari yordamida heç qanday öquv maşğulotlariga qatnaşmasdan “B”, “C”, “D” toifali haydovçilik guvohnomalarini olib berişni va’da qilgani aniqlangan. 

U kelişilgan puldan 1 650 dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Departamentning Xonobod şahar bölimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda “A.-G.” MÇJga qaraşli avtomaktabning boşqaruv ustasi I.S. fuqaro F.M.ga tanişlari yordamida “B” toifadagi haydovçilik guvohnomasi olib beriş evaziga 650 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.