Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞga keldi. 18 sentabr, duşanba kuni keçqurun Nyu-Yorkka yetib borgaç, u oğir yaralangan Ukraina askarlari davolanayotgan va reabilitatsiya qilinayotgan Staten-Aylend universiteti hospitaliga taşrif buyurdi. Ukraina Qurolli kuçlarining oyoq-qölidan ayrilgan töqqiz nafar harbiy xizmatçisiga uşbu şifoxonada tibbiy yordam körsatilmoqda.
Zelenskiy şifokorlar va harbiylar bilan suhbatlaşdi. «Duşmanni mağlub etiş uçun sizlarni kutamiz. Tezroq soğayib ketinglar, qaytinglar, biz ğalaba qozonamiz», dedi u ukrainaliklarga. Zelenskiy Telegram’da harbiylarga davlat mukofotlarini topşirgani va «ukrainaliklarning qat’iyligi va umumiy ğalaba haqida öta muhim sözlarni eşitganini» yozgan. «Yigitlarimizga jarohatlaridan foriğ bölişda yordam berayotgan şifokorlar jamoasiga rahmat», — deya qöşimça qildi u.
Zelenskiy BMT Boş assambleyasida nutq sözlaydi
Zelenskiy 19 sentabr kuni BMT Boş assambleyasi sessiyasida nutq sözlaydi. Bundan taşqari, uning BMTda ötkaziladigan boşqa qator tadbirlarda, jumladan, Barqaror rivojlaniş maqsadlari sammiti va Xavfsizlik kengaşi yiğilişida iştirok etişi rejalaştirilgan. Boşqa narsalar qatorida, «muhim ikki tomonlama uçraşuvlar rejalaştirilgan», dedi Ukraina prezidenti. Xususan, Braziliya prezidenti Lula da Silva, şuningdek, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan muzokaralar rejalari haqida ma’lum.
«Davlatning hududiy yaxlitligi barça asosiy xalqaro hujjatlarning, xususan, BMT Nizomining asosiy tamoyilidir. Uni vayron qilingan töliq quvvatiga qaytariş, BMTning tajovuz oldini oliş qobiliyatini oşiriş zarur. Ukraina bu borada BMT a’zolariga aniq taklif bilan çiqadi», — deya ta’kidladi Zelenskiy BMT minbaridan nima haqida gapirişiga aniqlik kiritib.
Keyinroq Ukraina rahbari Vaşingtonda AQŞ prezidenti Jo Bayden, Kongress palatalari va partiyalar rahbarlari, şuningdek, AQŞ harbiy rahbariyati bilan uçraşadi. Amerika biznes vakillari, jurnalistlar, jamoatçilik vakillari bilan uçraşuvlar ham rejalaştirilgan. «Ozodlik va mustaqillik uçun kuraşimizni qöllab-quvvatlagan AQŞ rahbariyatiga minnatdorçilik bildiraman», — dedi Zelenskiy. Bu uning Ukraina uruşi boşlanganidan beri AQŞga ikkinçi taşrifidir. U oxirgi marta Vaşingtonga 2022 yil dekabr oyida taşrif buyurgan. Jo Bayden fevral oyida Kiyevga borgan edi.












