Buxoro şahri, Abu Ali ibn Sino mahallasidagi hokim yordamçisi A.S. özgalar nomiga 163 mln söm kredit rasmiylaştirib, pullarni talon-toroj qilgan. Bu haqda Buxoro viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, A.S. mahalla hududida yaşamaydigan va faoliyat körsatmaydigan 5 nafar fuqaro nomiga mototransport vositasi hamda içimlik suvini qayta işlaş apparatini sotib oliş uçun 33 mln sömdan, jami 163 mln sömlik imtiyozli kredit ajratilişiga erişib, ularni özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgan.
Hokim yordamçisi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «g» bandi (Kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 209-moddasi 1-qismi (Mansab soxtakorligi) va 209-moddasi 2-qismi «a» bandi (Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan mansab soxtakorligi) bilan ayblanuvçi tariqasida jalb qilinib, «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Viloyat prokuraturasi mazkur jinoyat işi tergovini alohida nazoratga olgani aytilmoqda.











