Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forbes: Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda yetakchilikning yangi standartlarini o‘rnatyapti
Forbes jurnalida chop etilgan maqolasida Melik Kaylan AQSh prezidenti Jo Baydenning yangi geostrategik tashabbusini o‘rganib, O‘zbekiston va uning prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bu boradagi markaziy roliga e’tibor qaratdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Kaylan Shavkat Mirziyoyev mintaqada biznes, chegara va savdo ochilishini faollashtirib, Markaziy Osiyo mamlakatlarini integratsiyalash harakatlarida markaziy shaxsga aylanganini qayd etdi. O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sharq va g‘arb, shimol va janubni bog‘lovchi yirik transport markaziga aylanishga intilmoqda.
Kaylanning qayd etishicha, O‘zbekiston kuchli oltin eksporti tufayli COVID-19 pandemiyasi davrida rivojlanishdan to‘xtamagan kam sonli iqtisodiyotlardan biri bo‘ldi.
Muallif O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ta’kidlab, AQShni bu jarayonni faollashtirishga chaqirdi. U, shuningdek, 1974 yilgi Jyekson-Venik tuzatishiga e’tibor qaratib, AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo munosabatlarini normallashtirish uchun uni bekor qilish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.
Kaylan ta’kidlashicha, Baydenning yangi tashabbusi Hindiston, Saudiya Arabistoni va Yevropa o‘rtasida savdo yo‘lagi yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu AQShni global geostrategik kurash maydoniga qaytarish yo‘lidagi qadamdir. Ushbu tashabbusning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan strategik sheriklik munosabatlariga bog‘liq.
Mavzuga oid
18:10 / 29.11.2025
Tramp Baydenning avtopero bilan imzolangan farmonlarini bekor qilishini aytdi
21:32 / 11.10.2025
Jo Bayden saraton kasalligini davolashning yangi kursini boshladi
00:40 / 25.09.2025
Oq uyda Baydenning portreti o‘rniga avtopero surati osib qo‘yildi
20:28 / 18.09.2025