BRICS taşqi işlar vazirlari BMT Boş assambleyasi doirasidagi yiğilişda Rossiyaning 2024 yil 1 yanvardan boşlanadigan assotsiatsiyadagi raisligini töliq qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vazirligi xabar bermoqda.

Vazirlar Birlaşgan Millatlar Taşkilotini, şu jumladan uning Xavfsizlik kengaşini yanada demokratik, vakolatli, samarali qiliş hamda hozirgi global muammolarga munosib javob bera olişi maqsadida kengaş a’zolarining barça toifalarida rivojlanayotgan mamlakatlar vakilligini oşiriş uçun keng qamrovli islohotni qöllab-quvvatladi. Bunda, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan Braziliya, Hindiston va JARning xalqaro işlarda, xususan, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, şu jumladan uning Xavfsizlik kengaşida köproq rol öynaşga bölgan qonuniy intilişi töğridir, deyiladi yakuniy hujjatda. 

«Vazirlarga Rossiyaning 2024 yilda BRICS’ga bölajak raisligiga tayyorgarlikning borişi haqida ma’lumot berildi. Braziliya, Hindiston, Xitoy va JAR Rossiyaning 2024 yilda «Adolatli global rivojlaniş va xavfsizlik uçun köp tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş» şiori ostida BRICS’ga raisligini hamda Qozon şahrida (Rossiya) XVI BRICS sammiti ötkazilişini töliq qöllab-quvvatlaşini bildirdi», — deyiladi hujjatda.

Vazirlar, şuningdek, 2024 yilda Rossiyada BRICS’ga a’zo davlatlar taşqi işlar vazirlarining töliq formatdagi uçraşuvi ötkazilişini kutayotganini ta’kidladi.