Sentabr oyidagi natijalarga köra, Özbekiston milliy jamoasi reytingda 75-örinni egallagan. Sreçko Katanets şogirdlari avvalgi oyga nisbatan bir poğona pastladi. Vakillarimizning Osiyo qit’asidagi örni esa özgarmagan – 10-örin.

FIFA reytingida ham önlik özgarmadi. Argentina milliy jamoasi 1-örinda bormoqda, Fransiya 2-örin, Braziliya 3-örindan joy olgan. Faqatgina Italiya Portugaliya bilan örin almaşgan.

Keyingi örinlarni Angliya (4), Belgiya (5), Xorvatiya (6), Niderlandiya (7), Portugaliya (8), Italiya (9) va Ispaniya (10) önlikdan joy olgan.

Osiyo jamoalari orasida esa Yaponiya reytingda 19-öringa kötarilib, peşqadam sanaladi. Şuningdek, qit’ada top-10likdan Eron (21), Janubiy Koreya (26), Avstraliya (27), Saudiya Arabistoni (57), Qatar (61), Iroq (70), BAA (70), Ummon (73) va Özbekiston (75) joy olgan.

Qayd etiş joiz, Özbekiston milliy jamoasi mart oyida 74-öringa kötarilib, oxirgi 5 yillikdagi eng yaxşi natijasiga erişgandi. Bungaça vakillarimiz 2018 yil fevral oyida 72-öringa kötarilgan, şundan söng 95, 84, 83, 82, 77-örinlarni egallagandi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy jamoasi 10 sentabr kuni AQŞga 0:3 hisobida mağlub böldi, 13 sentabrda esa KONKAKAF çempioni Meksika milliy jamoasi bilan durang (3:3) qayd etdi.