
Ukraina havo kuçlarining tongda bergan hisobotiga köra, zarbalarning birinçi tölqini soat taxminan 3:40 da boşlangan, bu zarbalar samolyotlardan X-101/X-555/X-55 qanotli raketalarini yöllaş orqali berilgan.
Hisobotda aytilişiça, Saratov oblastidagi Engels aerodromidan havoga kötarilgan strategik aviatsiyaning Tu-95MS rusumli samolyotlaridan jami 43 ta qanotli raketa uçirilgani qayd etilgan.
«Raketalar bir neça tölqinda yuborildi. Ular Ukraina havo kengliklariga turli yönalişlarda kirib, doimiy ravişda kursni özgartirib turişdi», — deyilgan Ukraina QK havo kuçlari bayonotida.
Ukrain harbiylari tasdiqlaşiça, 43 raketadan 36 tasini urib tuşirişga muvaffaq bölingan.
Kiyev

Kiyev harbiy ma’muriyati tongdayoq şaharga strategik aviatsiyaning Tu-95MS rusumli 10 ta samolyoti hujum qilgani, ulardan X-101/555/55 tipidagi qanotli raketalar uçirilgani, «duşmanning 20 dan ortiq nişoni yöq qilingani» haqida xabar bergandi.
Raketa parçalari Ukraina poytaxtining kamida uçta rayonida aniqlangan. Şevçenkove rayonida raketa parçalari gaz quvuriga şikast yetkazgan, Darnitskiyda — turar va noturar joylar ustiga utşib, sezilarli darajada şikast yetkazgan. Şuningdek, Golosiyiv rayonida qutqaruvçilarni çaqirişgan.
Şahar ma’muriyatiga köra, hujum vaqtida yetti kişi, jumladan töqqiz yoşli qizça jarohat olgan.
Tongda Kiyevda takroran havo trevogasi e’lon qilingan — Çernihiv oblasti tomondan raketalar guruhi uçib kelgan. Poytaxtda uçinçi tölqin kuzatilmagan.
Çerkasi















