Bugun Volgabo‘yi hududidan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika hududi bo‘yicha nisbatan salqin havo bo‘lishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda kam bulutli va quruq havo bo‘ladi, kunduzgi harorat +23...+28 darajani tashkil etadi.
Dam olish kunlari ushbu ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Salqin havo massasi asta-sekin sharqqa tomon siljiydi. Dam olish kunlari havo harorati kechalari +11...+16 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari +25...+30 darajagacha ko‘tariladi.
Poytaxtda bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzgi harorat +23...+25 darajani tashkil etadi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kechalari +12...+14 daraja, kunduz kunlari +25...+27 daraja bo‘ladi.
















