Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov BMT boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşdi.
BMT boş kotibi Antoniu Guterriş BMT ştab-kvartirasida Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan uçraşuvda Ukrainadagi mojaro va AQŞ majburiyatlari bilan boğliq masalalarni muhokama qildi. Bu haqda boş kotib matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuvda Lavrov va Guterriş bir qator dolzarb masalalarni, jumladan, Ukrainadagi mojaro va AQŞning jahon taşkiloti qarorgohidagi majburiyatlari bilan boğliq masalalarni muhokama qildi.
Rossiya Taşqi işlar vazirligi, öz navbatida, BMT Boş assambleyasining 78-sessiyasi doirasidagi muzokaralar natijalari bilan örtoqlaşdi.
Uşbu ma’lumotlarga köra, tomonlar an’anaviy ravişda eng dolzarb xalqaro muammolarga, şuningdek, Rossiya va BMT örtasidagi hamkorlikning turli jihatlariga e’tibor qaratgan.
«Guterriş BMT tuzilmalari vakillarini Ukraina inqirozi şaroitida siyosiylaşgan taşabbuslarga jalb etilişining oldini olişga çaqirildi», — deyiladi bayonotda.
Avvalroq, payşanba kuni Lavrov Yaman boşqaruv kengaşi raisi, Misr, Tailand, Kuba, Braziliya, Saudiya Arabistoni, Mali, Burkina-Faso, Pokiston taşqi işlar vazirlari va Sudan suveren kengaşi rahbari bilan uçraşgandi.












