Toşkent şahar Çilonzor tumanida 29 tup köp yillik daraxt kesib taşlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Çilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati holat yuzasidan tuşuntiriş berdi.
Unga köra, Lutfiy köçasidagi 29 ta köp yillik şumtol daraxti qurib qolgani sababli kesib olinmoqda. Şanba kuni köpçilik taşkilotlarda dam oliş kuni bölgani sababli, tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi tomonidan qurigan daraxtlarni kesib oliş jarayonlari olib borilmoqda.

«Aholidan va ekolog blogerlar hamda jurnalistlardan biz oldindan ma’lum qilgan uşbu ma’lumotlar bilan tanişib, ayni jarayonlarga xolis baho berişlarini sörab qolamiz», — deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 2022 yil kuzida Kun.uz saytida Çilonzor tuman obodonlaştiriş boşqarmasi xodimlari Lutfiy köçasidagi 56 tup daraxtning tagini landşaft yaratiş bahonasida polietilen kleyonka bilan örab taşlagani haqida material e’lon qilingandi. Katta ehtimol bilan hozirda aynan şu daraxtlarning bir qismi kesilgan.
Ekologiya qömitasi (ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi) raisining sobiq örinbosari Islombek Boqijonov şunday savolni örtaga taşlagandi: «Bu daraxtlar kimgadir xalal beryaptimi, kimga kerak bölib qoldi ularni quritiş?»













