Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bugun bir kunlik amaliy safar bilan Ozarboyjonning Naxçivan avtonom respublikasiga boradi. 

Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa bölimi bayonotida aytiladi. 

Taşrif Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amalga oşiriladi. 

Bayonotga köra, liderlar ikki tomonlama Turkiya-Ozarboyjon munosabatlarini muhokama qiladi. 

Şuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, birinçi navbatda Ozarboyjonning Qoraboğ mintaqasidagi sönggi voqealar yuzasidan fikr almaşiladi. 

Turkiya va Ozarboyjon prezidentlari Igdir-Naxçivan gaz quvuri qurilişiga start beriş va modernizatsiya qilingan Naxçivan harbiy majmuasining oçiliş marosimida iştirok etişi kutilmoqda.