Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada «Koza Nostra»ning «katta xo‘jayini» vafot etdi
Ko‘p yillardan beri qochib yurgan Denaro 16 yanvar kuni xususiy klinikalardan birida o‘tkazilgan texnik kuzatuv natijasida qo‘lga olindi.
25 sentabr kuni ertalab Italiyada ko‘p yillik qidiruvlardan so‘ng yanvar oyida qo‘lga olingan uyushgan jinoiy tashkilot rahbari Matteo Messina Denaro vafot etdi.
Italiyaning ANSA axborot agentligi xabariga ko‘ra, janubiy Sitsiliya orolida faoliyat yurituvchi «Koza Nostra» mafiya guruhining «katta xo‘jayini» bo‘lgan va qator qotilliklar tashkilotchisi sifatida tanilgan Denaro Akvila shahridagi qamoqxona kasalxonasida vafot etgan. U bu yerda yo‘g‘on ichak saratonidan davolanayotgan edi.
Ko‘p yillar davomida qochqinda yashagan Denaro 16 yanvar kuni janubiy Palermo shahrida tibbiy yordam so‘ragan xususiy klinikada texnik kuzatuv natijasida qo‘lga olingan.
Matteo Messina Denaroning hibsga olinishi mamlakatda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Qo‘lga olinganidan keyin u Akvila shahridagi qattiq rejimli qamoqxonaga joylashtirildi. Qamoqxonada u saraton kasalligidan davolangan kasalxona mavjud.
Keyinroq Denaro adliya tizimi bilan hamkorlik qilmayotgani aytildi.
Matbuotda ma’lum vaqtdan beri saraton kasalligidan davolanayotgan Denaro dam olish kunlari «chuqur komaga tushib qolgani» to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi.
Denaro so‘nggi 30 yil ichida yirik jinoiy voqealar, jumladan, mafiyaga qarshi kurashi tufayli mamlakat ramziga aylangan mashhur sudyalar Jovanni Falkon va Paolo Borsellinoning o‘ldirilishida ayblanmoqda. Ular 1992 yilda mafiya hujumidan qochib qutula olmagan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Denaro 1993 yilda Milan, Florensiya va Rimdagi teraktlarda ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026
Rossiyaliklar uchun Italiya vizasi olish yanada qiyinlashdi
16:30 / 13.05.2026