Voqealar rivoji qanday boşlandi

2023 yil 20 sentabrdan e’tiboran, Özbekistonda 3 yoşdan 15 yoşgaça bölgan bolalarga bepul yod tarqatiş dasturi boşlandi. Oradan bir kun ötib, 21 sentabr kuni Çust tumanidagi boğça bolalari orasida tana harorati kötarilişi, qusiş, qorin oğriği alomatlari kuzatila boşladi, jami 71 nafar bola tezkorlik bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Bositxonova şikoyat qilgan bolalar soni 400 dan oşganini ma’lum qildi, lekin ular doridan yoki ovqatdan zaharlanganini rad etdi.

Biroq, aynan Elmira Bositxonova imzosi bilan çiqarilgan xatda, Namangandagi bolalar ahvoli yomonlaşişiga kaliy dori vositalari sabab bölişi mumkinligi, şu sababli “Kaliy yodid 1 mg (0,001) tabletka №100 (Antistrumin)” dori vositasi iste’molini darhol töxtatiş topşiriği berildi.

Ayni şu körsatma-xatdan jamoatçilik muhim ma’lumotni bilib oldi: “gumondor” preparatni “SAMO” MÇJ yetkazib bergan. Bu korxonadan dorini SSV tarkibidagi “Özmedimpeks” sotib olgan.

Oçiq ma’lumotlarga köra, Yunusovlar Samo kompaniyasining ta’sisçilari hisoblanib, ular qatorida kompaniyaning qariyb 7 foizlik uluşiga egalik qiluvçi Nodir Yunusov ham bor.

Nodir Yunusov, bundan taşqari, farmatsevtikaga aloqador yana 2 ta korxona ta’sisçilari qatorida turadi.

Nodir Yunusov kim?

Ijtimoiy tarmoqlarda bu voqealar fonida Özbekistonda bolalar uçun yod işlab çiqarayotgan kompaniya ta’sisçilaridan biri AQŞda qidiruvda bölgan şaxs, degan fikrlar