Soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan 30 ta soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi.

Toshkent viloyati

Abror Hamdamov Chirchiq shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1980 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Toshkent viloyati soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ravshan Rustamov Bekobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1985 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Parkent tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Furqat Mamatqulov Bekobod shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1974 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Bekobod shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yoqub Ortiqboyev Qibray tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Bunga qadar Toshkent viloyati soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ortiq Hamdamov Angren shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1984 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Ohangaron tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Jasur Sayfiyev O‘rta Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1984 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Bunga qadar Piskent tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.