Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko jismoniy şaxslarga Belarus hududiga fuqarolik uçuvçisiz uçiş apparatlarini olib kiriş, saqlaş, sotiş, foydalaniş va işlab çiqarişni taqiqlaş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Belarus rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, hujjat jamoat xavfsizligini ta’minlaş hamda fuqarolik uçuvçisiz uçiş apparatlari va havo kemalari modellarini davlat röyxatidan ötkaziş hamda ulardan foydalanişni tartibga solişga qaratilgan. 

Fuqarolik uçuvçisiz uçiş apparatlarini Belarus hududiga olib kirişga, saqlaşga, muomalaga çiqarişga, ulardan foydalanişga va işlab çiqarişga faqat taşkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tadbirkorlik va kasbiy faoliyat maqsadlarida uşbu farmonda belgilangan talablarga rioya qilgan holda ruxsat berilişi belgilandi. 

Farmonda yuridik şaxslarga va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegişli bölgan fuqarolik uçuvçisiz uçiş apparatlarini davlat röyxatidan ötkazişning avtomatlaştirilgan axborot tizimini yaratiş ham nazarda tutilgan.