Uçraşuvda kompaniyaning Özbekistondagi faoliyatini kengaytirişning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Şuningdek, Jizzax viloyatida BYD’ning gibrid va elektr avtomobillari işlab çiqarilişini tez fursatda yölga qöyiş hamda keyingi bosqiçlarda uning quvvatini 300 ming donaga yetkaziş masalalari körib çiqildi.
Ta’kidlanişiça, uçraşuvda mahsulot tannarxini kamaytiriş uçun butlovçi va ehtiyot qismlarini mahalliylaştiriş loyihalariga hamda avtomobillarni uçinçi mamlakatlar bozoriga eksport qilişni taşkil etişga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, BYD Özbekistonga elektrobuslarini yetkazib berişi qayd etildi.
Elektrobuslarga xizmat körsatiş böyiça muhandislik-servis markazlarini oçiş rejalari qöllab-quvvatlanişi bildirildi.
















