Qoraboğdan minglab qoçqinlar ötgan hafta Bokuning bölginçi Ozarboyjon hududi ustidan qozonilgan ğalabasini şaraflaş maqsadida ötkazilgan Ozarboyjon va Turkiya rahbarlari sammiti oldidan Armanistonga jönab ketdi. 25 sentabr, duşanba kungi holatga köra, Qoraboğdan Armanistonga kamida 4850 kişi yetib kelgan, deb xabar berdi Yerevan hukumati.
Undan atigi yetti soat oldin qoçqinlar soni 2900 dan sal köproq ekani xabar qilingandi. Ularning qariyb 1100 nafari davlat hisobidan joylaştirildi, yana 1000 nafarga yaqini esa mustaqil joy topdi. Armanistonning Syunik viloyati Goris şahrida yangi kelganlarni qabul qiliş markazi taşkil etildi. Boşpana mahalliy teatr hududida joylaşgan.
Armanlarning çiqib ketişi kutilyapti
Bir kun avval özini Toğli Qoraboğ respublikasi deb e’lon qilgan «hokimiyat maslahatçisi» David Babayan Qoraboğdan etnik armanlarning ommaviy çiqib ketişi kutilayotganini aytdi. «Mintaqada 120 ming arman Ozarboyjon tarkibida yaşaşni istamaydi, ularning 99,9 foizi tarixiy yerlarini tark etişni ma’qul köradi», - dedi u.
Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan Ozarboyjonning Toğli Qoraboğda bölginçilarni tezda mağlub etişida Rossiyani aybladi. Yerevanda Paşinyan va butun hukumat iste’fosini talab qilgan ommaviy namoyişlar töxtamayapti. Namoyişçilar Armaniston Qoraboğga harbiy harakatlar davomida yordam bermaganidan norozi.













