Namanganda 450 nafar bola kasallangani ortidan iste’moli töxtatilgan “Antistrumin” dori vositasini yetkazib beruvçi kompaniya tender ötkaziş yöli bilan emas, töğridan töğri tanlab olingan.

Telegram'dagi Pressuzb kanali ma’lumotiga köra, Soğliqni saqlaş vazirligining davlat xaridlarini amalga oşirişga mas’ul taşkiloti – “Özmedimpeks” “Kaliy yodid 1 mg tabletka, №100 (Antistrumin)” dori vositasini xarid qiliş uçun 2022 yil iyun oyida “Samo” MÇJ bilan 5 mlrd 644 mln sömlik töğridan töğri şartnoma tuzgan. 2023 yil 11 yanvarda esa uşbu şartnomaga 956 mln sömlik qöşimça kelişuv qilingan. Şu tariqa, birinçi şartnoma qiymati roppa-rosa 6,6 mlrd sömga yetkazilgan. Unga asosan, 1 mln 200 ming quti preparatning har biri 5500 sömdan xarid qilingan.

2023 yilning 4 mayiga kelib, “Özmedimpeks” Samo kompaniyasi bilan “Antistrumin” dori vositasini xarid qiliş uçun yana 15 mlrd 275 mln sömlik töğridan töğri şartnoma tuzgan. Bunda 2 mln 350 ming quti preparatning har biri 6500 sömdan hisoblangan.

Foto: Pressuzb Telegram-kanali

Bozor narxidan ikki barobar qimmatga olinganmi?

Yuqoridagi uçta şartnomani jamlaganda, “Samo” MÇJdan jami 3 mln 550 mingta “Antistrumin” dori vositasi jami 21 mlrd 875 mln sömga sotib olinadigan bölgan. Bunda har bir quti preparatning narxi örtaça 6162 sömdan töğri keladi.

Kun.uz preparatning çakana narxi bilan qiziqib, Özbekistonning bir neça hududlaridagi dorixonalar bilan boğlandi. Ma’lum bölişiça, SSV 3 mln 550 ming qutisining har birini 6162 sömdan (ulgurji tarzda) sotib olgan xuddi şu preparat bir neçta dorixonalarda 2300–3000 söm oraliğida (çakana tarzda) sotilyapti.

E’tibor qaratiş kerak bölgan yana bir jihat şuki, Soğliqni saqlaş vazirligi 2022 yil iyundagi birinçi şartnomaga asosan dorining ilk partiyasini 5500 sömdan sotib olgan, 2023 yil maydagi xaridda esa preparat narxi 6500 sömga kötarilgan, ya’ni 11 oy içidagi narx qimmatlaşişi