Qatarda XXII  Islom dunyosi madaniyat vazirlari konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Madaniy rivojlanish bo‘yicha maslahat kengashining maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligining axborot xizmatidan ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda Islom dunyosida madaniyat poytaxtini e’lon qilish mexanizmini ishlab chiqish ko‘rib chiqilgan.

Bundan tashqari, Dohada madaniy merosni himoya qilish va boshqa masalalar muhokama etildi.