Adib Erkin A’zamning «Javob» nomli qissasi boş qahramoni Nuriddin Elçiyev ham 48 yoşga kirganda yaşab ötgan umrini taftiş qilib kördi va hayotning söroqlariga yaxşi javob berolmaganini va butun hayotini «qoniqarsiz» yaşab ötganini tuşunib qoldi. U qat’iy ahd qildiki, bundan keyingi sinovlarga yaxşi tayyorgarlik körib, a’lo javob berişga intilişi kerak…
Syujyet:
Surxondaryoning çekka bir qişloğida tuğilib-ösgan Nuriddin dösti Haydar bilan birga Toşkentga, Xalq xöjaligi institutining iqtisod fakultetiga imtihon topşiradi. Ikkisi ham talabalikka qabul qilinadi. Öqib yurgan yillarining birida Nuriddin Toşkentda buvisi bilan birga yaşovçi Mastura ismli qiz bilan bir-birini sevib qoladi. Ular turmuş quradi. Vaziyat taqozosi bilan Nuriddin içkuyov bölib yaşay boşlaydi.
Haydar esa Xolbeka ismli qizga uylanadi va ilmiy iş yozişga kirişadi. Tabiatan va aqliy jihatdan Nuriddin vazmin, bilimdon, ilmiy maşğulotlarga ham toqatli edi. Haydar esa deyarli Nuriddinning aksi – tabiatan yengil, beqaror. Öqişga ham Haydarning qistovi bilan topşirgandi. Ammo birdan özgarib, ilmiy iş yoza boşlaganiga Nuriddin biroz hayron böldi. Haydar örtoğini ham undadi, ammo Nuriddin negadir xohlamadi.
Kunlardan bir kuni Haydar Xolbekani yetaklab Nuriddindan vaqtinçalik boşpana sörab keldi. Masturalarning çortoğida böş yotgan ikki xona bor edi. Xolbekalar şu yerga joylaşdi. Ammo tez kunda Xolbekaning nihoyatda tantiq, befarosatligi ayon böldi. Hattoki bir kuni Mastura bilan Haydarni bir-biriga suykalişib ötiribdi deya janjal kötardi. Bu janjalga Nuriddin heç qanday munosabat bildirmadi, bildirolmadi. Birinçidan, tabiatan şunday jur’atsizroq edi. Ikkinçidan esa ayoliga qattiq işonardi. Öşa kuniyoq Haydarlar köçib ketişdi. Ammo ketgaç: «Döstim mendan xotinini qizğondi», deb gap tarqatdi…
Haydar vaqt ötgan sari «katta odam»ga aylanib boraverdi. Avval kandidat, keyin fan nomzodi, söng professor, bora-bora mamlakatdagi eng nufuzli institutning ustuniga aylandi-qoldi. Eng qiziği, obro‘ pillapoyasidan kötarilgani sari Nuriddin bilan oralaridagi yaqinlik şunçalik pasayib boraverdi. Ilgari jörajon deb yurardi, keyinroq quruqqina Nuriddin deb çaqiradigan, söngroq esa rasmiy ohangda Elçiyev deb murojaat qiladigan böldi…
Elçiyev 4 farzandli böldi. Kattasi Jasura edi. Jasura yoşligidan köp kasal bölgan, ammo judayam aqlli va irodali qiz edi. Öqişni bitirib loyihalaştiriş institutiga işga kirdi. U yerda bir yigit bilan ahdlaşgandi. Yigit sovçi yubordi. Sovçilar qizning beçorahol uyini körib aynib ketdi. Yigit tez orada öziga töq xonadon qiziga uylandi. Şundan beri Jasura odamovi va ğamgin qizga aylandi. Elçiyev bu holatda özini ozgina aybdor sezadi. Ammo bunday yigitdan vaqtida ayrilgani yaxşi böldi deb ham öylaydi.












