Uçquduq tumanida insonlar ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda Kun.uz’ga Navoiy viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, YTH 25 sentabr kuni soat 21:20 larda “Navoiy-Zarafşon-Uçquduq” yölida sodir bölgan. 25 yoşli haydovçi boşqaruvidagi Nexia maşinasi qarama-qarşi yönalişida kelayotgan, 1998 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvidagi ikkinçi Nexia bilan töqnaşib ketgan. Bunga haydovçilardan birining boşqaruvni yöqotib qöyişi sabab bölgan.

Foto: Navoiy viloyati IIB YHXB

Voqea joyiga tuman prokuraturasi, IIB, FVB vakillari hamda tez tibbiy yordam guruhi yetib borgan. YTH oqibatida maşinalarda yölovçi sifatida ketayotgan 40 yoşli erkak va 45 yoşli ayol voqea joyida, 34 yoşli erkak esa şifoxonada vafot etgan. Oğir tan jarohati olgan ikki haydovçi esa Zarafşon şahar şifoxonasiga yotqizilgan.

Foto: Navoiy viloyati IIB YHXB

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.