Toğli Qoraboğning sobiq davlat vaziri, rossiyalik milliarder Ruben Vardanyan Loçin yölagi orqali Armanistonga ötmoqçi bölganida qölga olingan. Ozarboyjon çegaraçilari u Bokuga olib borilib, «tegişli organ»ga topşirilganini ma’lum qildi.
Vardanyanning rafiqasi Veronika Zonabendning aytişiça, uni Ozarboyjon nazorat-ötkaziş punkti joylaşgan Akari köprigidan ötayotganida uşlaşgan
«Bugun tongda mening turmuş örtoğim, Ruben Vardanyan, filantrop, biznesmen va Arsax Respublikasining (armanlar Qoraboğni şunday nomlaşadi) sobiq davlat vaziri Ozarboyjon okkupatsiyasidan qoçayotgan boşqa minglab armanlar bilan Arsaxni tark etişga uringanida çegarada Ozarboyjon tomonidan qölga olinib, asir qilingan», — degan u RBK naşriga.
Köp ötmay Ozarboyjon hukumati qölga olingan biznesmenning fotosuratini namoyiş etdi. Unda uning qöliga kişan solinganini (suratda bu xiralaştirilgan) köriş mumkin.
Ozarboyjon davlat çegara xizmatiga köra, Vardanyan Ozarboyjon Respublikasidan Armaniston yönalişida harakatlanganida «Loçin» çegara punktida qölga olingan.
«U Davlat çegara xizmati Tezkor harakatlaniş kuçlari xodimlari hamrohligida Boku şahriga olib borildi. Qölga olingan şaxs unga nisbatan tegişli qaror qabul qiliş uçun tegişli davlat organiga topşirildi», — deya idora xabaridan iqtibos keltirgan APA agentligi.
Bu haqda xabarlar tarqalgan vaqtda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vardanyanning taqdiri haqida ma’lumotga ega emasligini aytgandi. «Har holda u Rossiya fuqarosi, unda Rossiya fuqaroligi bor, şuning uçun, agar u hibsga olingan bölsa, biz u yoki bu tarzda ma’lumot olişimiz kerak», — degan Peskov. Şu bilan birga, u Vardanyan hamon Rossiya fuqaroligiga egaligini aniq bilmasligini qöşimça qilgan.
Biznesmenning Rossiya Federatsiyasi fuqaroligidan çiqiş töğrisidagi sörovi Putinning 2022 yil dekabridagi farmoni bilan qanoatlantirilgandi, bu haqda rasmiy huquqiy axborot portalida xabar qilingan.
«Troyka Dialog» investitsiya kompaniyasi va «Skolkovo» biznes maktabi asosçisi, rossiyalik eng badavlat biznesmenlardan (2021 yilda Forbes jurnali uning boyligini bir milliard dollarga baholagan) bölgan Vardanyan 2022 yil sentabrida Rossiya fuqaroligidan voz keçiş va Qoraboğga köçib ötiş haqidagi qarorini e’lon qilgandi.
Bir oy ötib u tan olinmagan Toğli Qoraboğ respublikasi prezidenti Araik Arutyunyanning taklifi bilan hukumatga rahbarlik qila boşlaydi, ammo 2023 yil fevraliga kelib iste’foga çiqadi. Bu Ozarboyjon Loçin yölagini bloklab qöyişi fonida röy beradi. Vardanyan şundan keyin ham Toğli Qoraboğda yaşab kelayotgandi.














