Gurjiston bosh vaziri: Abxaziya va Janubiy Osetiya asosiy muammomiz bo‘lib qolmoqda
Garibashviliga ko‘ra, Gurjiston hududiy yaxlitlik masalasini tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori.
Gurjiston bosh vaziri Irakliy Garibashvili Abxaziya urushi tugaganining 30 yilligi munosabati bilan bayonot berdi.
«Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish va mamlakatimizni birlashtirish davlatimiz va jamiyatimizning asosiy muammosi bo‘lib qolmoqda», dedi bosh vazir.
Abxaziya urushi bundan 30 yil avval, 1993 yil 27 sentabrda yakunlanganini eslatib, u bu urush mamlakatning zamonaviy tarixiga eng dramatik voqea sifatida kirganini ta’kidladi.
Gurjiston bosh vaziri Abxaziyadagi urush mamlakat hayotida og‘ir iz qoldirganini ta’kidladi. «Etnik tozalash yuz minglab odamlarni o‘z ona yurtidan ko‘chirdi, urush ko‘plab fuqarolarimizning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu juda achinarli. Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish va mamlakatimizni birlashtirish davlatimiz va jamiyatimizning asosiy muammosi bo‘lib qolmoqda», - dedi u.
Garibashvilining qayd etishicha, Gurjiston hududiy yaxlitlik masalasini tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori. «Hukumatimiz shu yo‘ldan qat’iyat bilan bormoqda, chunki biz abxaz va osetin birodarlarimiz bilan birlashgan, kuchli, rivojlangan davlat qurishning asosi tinchlik ekaniga qat’iy aminmiz», dedi hukumat rahbari.
«Kelajak abxazlar va gurjilarga birdamlik, tinchlik va farovonlik olib kelishiga ishonaman», dedi bosh vazir.
Abxaziya va Janubiy Osetiya muammosi
1992-1993 yillarda Gurjiston armiyasi va Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan abxaz separatistlari o‘rtasida 13 oylik urush bo‘lgan.
2008 yilda Rossiya va Gurjiston Janubiy Osetiya urushiga kirishdi, shundan so‘ng Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Abxaziya va Janubiy Osetiya hududlari bir tomonlama ravishda Gurjistondan mustaqilligini e’lon qildi.
2008 yilda Rossiya bu ikki mintaqaning mustaqilligini tan oldi va Gurjiston bunga javoban Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi.
Ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar uzilganidan keyin Shveytsariya tomonlar o‘rtasida vositachi rolini o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
23:25 / 04.11.2024
Gurjistonda minglab odamlar parlament saylovlari natijasiga qarshi mitingga chiqdi
15:24 / 03.11.2024
Gurjiston va Moldova saylovlari: Yevropa orzusi orzuligicha qoldimi?
12:10 / 02.11.2024
Edison Research: Gurjistondagi saylovlar natijalari soxtalashtirishdan dalolat beradi
10:30 / 01.11.2024