Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Germaniya federal kansleri Olaf Şolsning taklifiga binoan 28 sentabr kuni amaliy taşrif bilan Berlin şahriga jönab ketdi.

Davlat rahbari Germaniya poytaxtida bir qator rasmiy va işbilarmonlik uçraşuvlarini ötkazadi, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari formatidagi tadbirlarda iştirok etadi.

Özbekiston yetakçisi Germaniya iqtisodiyoti Şarqiy qömitasi tomonidan taşkil etiladigan işbilarmonlik tadbirlarida ham iştirok etişi közda tutilgan.

Kun tartibidan Özbekiston prezidentining joriy yil may oyidagi Germaniyaga rasmiy taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş, Germaniyaning yetakçi kompaniya va banklari bilan investitsiyaviy, innovatsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytiriş masalalari örin olgan.

Taşrif 30 sentabrga qadar davom etadi.