Çeçeniston yetakçisi Ramzan Qodirov Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşdi. Bu haqda Kreml rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Xayrli kun, Ramzan Axmatoviç. Siz bilan bugun Çeçenistondagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat haqida gaplaşişga kelişib olgandik. Umuman olganda, vaziyat ijobiy. Bunda siz va jamoangizning hissasi katta. Bizda siz doim aytadigan mavzulardagi qator jiddiy dastur va vazifalar bor. Bilaman, uçraşuvda savollar tayyorlab kelgansiz. Marhamat», deb Putinning sözlarini keltirgan Kreml rasmiy sayti.

«Vladimir Vladimiroviç, uçraşişga vaqt ajratganingiz uçun rahmat. Respublikadagi vaziyat haqida gapirişdan avval maxsus harbiy amaliyot boşlanganidan hozirgaça nimalar qilganimiz haqida gapirsam. Gumanitar va jang maydonidagi harakatlarimiz bilan biroz maqtanmoqçiman ham.

Otryadimiz yaxşi natijalar körsatmoqda, har kuni asir olinyapti, texnikalar yöq qilinyapti. «Abrams»lar biz uçun qörqinçli emas. Biz ularga «reklama» qilib berdik desam ham böladi.

Jangçilarning kayfiyati yaxşi. Ularning barça muammolarini hal qilyapmiz: aloqa, texnika bilan boğliq. Operatsiya boşidan buyon 1100 dan ortiq maşina sotib oldik, ularning 100 dan ortiği zirhli maşinalar. Respublikadan turib boşqalarga ham yordam beryapmiz, axir bu umumiy işimiz, birgalikda ğalaba qozonişimiz kerak», degan Qodirov Putin bilan uçraşuvda.

Kreml e’lon qilgan xabarda u yana töldirilişi aytilgan.

Ma’lumot uçun, Ramzan Qodirov salomatligi yomonlaşgani haqida xabarlar fonida Putin bilan birinçi marta körişdi. Şuningdek, 25 sentabr kuni Qodirov öz kanalida öğli Adam Qodirov Qur’oni karim nusxasini yoqqani uçun hibsga olingan Nikita Juravlevni tergov hibsxonasida kaltaklagani aks etgan video e’lon qilgaç, uning atrofida navbatdagi mojaro avj olgandi.