Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Germaniya federal kansleri Olaf Şolsning taklifiga binoan 28-30 sentabr kunlari amaliy taşrif bilan Berlin şahrida böladi.
Taşrif dasturiga muvofiq, federal kansler Olaf Şols va federal prezident Frank-Valter Ştaynmayyer bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazilişi, şuningdek, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining uçraşuvlari rejalaştirilgan.
Özbekiston yetakçisi Germaniya iqtisodiyoti Şarqiy qömitasi tomonidan taşkil etiladigan işbilarmonlik tadbirlarida ham iştirok etişi közda tutilgan.
Kun tartibidan Özbekiston prezidentining joriy yil may oyidagi Germaniyaga rasmiy taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş, Germaniyaning yetakçi kompaniya va banklari bilan investitsiyaviy, innovatsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytiriş masalalari örin olgan.












