Şveytsariya Boş prokuraturasi jinoiy tergov yakuniga köra, 2023 yil 28 sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Federal sudga Özbekiston Respublikasi sobiq prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova va Rossiya telekommunikatsiya kompaniyasi özbek filialining sobiq direktoriga nisbatan ayblov xulosasini topşirdi. Prokuratura axborotida kompaniya nomi va rahbarining ismi-şarifi oçiqlanmagan.

Ikki ayblanuvçi turli mamlakatlarda, jumladan, Şveytsariyada faoliyat yuritgan jinoiy taşkilotga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Ayblovlar 2005 yildan 2013 yilgaça bölgan davrni öz içiga oladi va jinoiy taşkilotda iştirok etiş, jinoiy daromadlarni legallaştiriş, xorijiy davlat amaldori sifatida pora oliş va hujjatlarni qalbakilaştiriş kabilarni öz içiga oladi.

Qayd qilinişiça, 2018 va 2021 yillar oraliğida tergov natijasida tört kişi sudlangan va pul yuviş va hujjatlarni qalbakilaştirişda aybdor deb topilgan. Şu bilan birga, 340 million Şveytsariya frankidan (4,5 trln söm) ortiq pul Özbekistonga qaytarilişi uçun musodara qilingan. Hozirda Gulnora Karimova va ikkinçi ayblanuvçi işi böyiça 440 million Şveytsariya frankidan (5,8 trln söm) ortiq mablağlar hibsda qolmoqda.

«Ofis»ning taşkil etilişi va maqsadi

Ayblov xulosasiga köra, 2001 yildan 2013 yilgaça Gulnora Karimova bir neça önlab odamlar va köplab kompaniyalarni öz içiga olgan «Ofis» deb nomlanuvçi iyerarxik jinoiy taşkilot tuzgan va unga rahbarlik qilgan. Şveytsariyada uşbu taşkilot 2005 yilda, xususan, Şveytsariya banklaridagi hisob raqamlari va seyflarida, şuningdek, köçmas mulk sotib oliş yöli bilan özining jinoiy operatsiyalaridan olingan kapitalni yaşiriş maqsadida öz faoliyatini boşlagan.

«Ofis» öz faoliyatini professional biznes sifatida, majburiy qoidalarga rioya qilgan holda amalga oşirgan. Unda vazifalar qat’iy taqsimlangan, ammo zöravonlik va qörqitiş usullaridan foydalanilgan. Tergov jarayonida butun tuzilmaning şaffof bölmasligini ta’minlaş uçun taşkil etilgan yuzlab kompaniyalar aniqlangan. Bu kompaniyalar turli yurisdiksiyalarda, xususan, Şveytsariyada bank hisob-varaqlarini yuritgan.

Özbekiston telekommunikatsiya sohasidagi faoliyat

Ayblov xulosasiga köra, Özbekiston telekommunikatsiya sohasiga kiriş va faoliyat yuritiş istagida bölgan xorijiy kompaniyalar Gulnora Karimovaga «Ofis» tarkibidagi kompaniyalar orqali pora berişi talab qilingan. Şu tariqa, Gulnora Karimova prezidentning qizi va Özbekiston hukumati amaldori sifatidagi ikki tomonlama maqomidan foydalangan, bu esa unga kompaniyalarning telekommunikatsiya sohasiga kirişi va faoliyat yuritişiga ruxsat beriş masalasida davlat amaldorlariga çeksiz ta’sir ötkaziş imkonini bergan.