Prezident ta’lim-tarbiya tizimida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni mukofotladi
|03:08 / 30.09.202317 84326 min
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha xodimlari yuksak mukofotlar bilan taqdirlandi.
Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish, sohada tub islohotlar samarasini oshirish, o‘quv-tarbiya jarayonlariga milliy va ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘quvchi va talaba yoshlarga ilm-fan asoslari, zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish yo‘lidagi katta xizmatlari uchun bir guruh xodimlar mukofotlandi.
«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni bilan
- Achilov Do‘smurot Toshmurotovich - Karmana tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;
- Abdullayeva Dilbar Axmadovna - Jizzax shahridagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» faxriy unvoni bilan
- Atajonov Ozod Artikovich - Hazorasp tumanidagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati;
- Petrova Natalya Nikolayevna - Kattaqo‘rg‘on shahridagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Samarqand viloyati;
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi»
faxriy unvoni bilan
- Sodiqov Qosimjon Pozilovich - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi professori;
- Eshtayev Anvar Kurganovich - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri.
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
- Shadmanov Alisher Kayumovich - Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Mavzuga oid
- Abdiyev Egamshukur - Koson tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati;
- Absalamova Muxabbat Qaxramonovna - Zarbdor tumanidagi 25-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
- Axmadjonov Xasanboy Mirxakimovich - Paxtaobod tumanidagi 21-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining nemis tili fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati;
- Ziyoyeva Adolat Nurmatovna - Yuqori Chirchiq tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent viloyati;
- Israilov Baxriddin Muxammadiyevich - Samarqand shahridagi 59-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati;
- Urunboyev Shuxrat Minojidinovich - Farg‘ona tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati;
- Sharipova Muborak Mirzajonovna - Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati;
«Do‘stlik» ordeni bilan
- Abdunazarov Akmal Rahimovich - Tayloq tumanidagi 1-kasb-hunar maktabining maxsus fan o‘qituvchisi, Samarqand viloyati;
- Abipova Zamira Maksetbayevna - Nukus shahridagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Allaberganova Feruza Saparbayevna - Qo‘shko‘pir tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati;
- Asrorov Isak Urozboyevich - Sardoba tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati;
- Yerejyepova Aliya Nurberdiyevna - Tomdi tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;
- Ismatova Latofat Ubaydulloyevna - Sariosiyo tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati;
- Kamalov Amangeldi Bazarbayevich - Nukus davlat pedagogika institutining fizika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Karimov Madjit Malikovich - O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori;
- Kim Natalya Konstantinovna - O‘rta Chirchiq tumanidagi 59-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati;
- Kulanov Danabay Burxanovich - G‘allaorol tumanidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati;
- Qudratov Yusup Xolmirzayevich - Ko‘kdala tumanidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati;
- Muradova Matlubaxon Maxamadjonovna - Farg‘ona viloyati «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi tarbiyachisi;
- Nabokina Alla Vladimirovna - Yakkasaroy tumanidagi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fransuz tili fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
- Nishonov Dodonishon Xomidjonovich - So‘x tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati;
- Odinsova Natalya Yurevna - Yashnobod tumanidagi 204-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent shahri;
- Permatova Nailya Rifkatovna - Jarqo‘rg‘on tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati;
- Raximova Dilfuza Nigmatovna - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining menejment nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri;
- Tadjibayev Nozim Xakimjanovich - Uchqo‘rg‘on tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining tarix fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati;
- To‘ychiyev Abdurauf Sharobidinovich - Asaka tumanidagi 24-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining fizika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati;
- Xafizov Alisher Raximovich - Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyining kimyo fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati;
- Yusupova Ofeliya Yunusovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining maxsus fortepiano kafedrasi professori.
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
- Abduraxmonova Moxiraxon Ortiqovna - Qo‘qon shahridagi kasb-hunar maktabining maxsus fan o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati;
- Aliyev Rayimjon - Andijon davlat universitetining fizika kafedrasi professori, Andijon viloyati;
- Axmedova Masuda Xaydarovna - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining torli cholg‘ular bo‘limi maxsus fan o‘qituvchisi;
- Jumanazarov Umurzak Abdurazakovich - Jizzax davlat pedagogika universitetining boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori, Jizzax viloyati;
- Kenjayeva Zamira Normaxmatovna - Urgut tumanidagi 87-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Samarqand viloyati;
- Kilichov Kodir Bobakulovich - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
- Kuchmuradova Barno Ernazarovna - Mirzaobod tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati;
- Matyakubova Zulxumor Adambayevna - Uchtepa tumanidagi 81-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
- Muxamedova Mukambar Djurayevna - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining biologiya fani o‘qituvchisi;
- Nurullayeva Shoira Kushnazarovna - Urganch davlat universitetining tarix kafedrasi dotsenti, Xorazm viloyati;
- Nushbakova Karomat Normurodovna - Navoiy shahridagi 8-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;
- Raximova Zulayxo Ismoyilovna - Urganch tumanidagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
- Rustamova Mavlyuda Erkinovna - Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining kafedra katta o‘qituvchisi;
- Samatov Nurilla Fayzillayevich - Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish ta’limi ustasi;
- Tadjiyev Mirxatam Mirodilovich - Qibray tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati;
- Tajimova Muxabbat Abdukadirovna - Beruniy tumanidagi 7-maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Temirova Gulnoza Nematovna - Nurota tumanidagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;
- Tleuova Dilbar Abduraxmanovna - Mo‘ynoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Xalmurodov Avlakul Kosimovich - Shahrisabz tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori, Qashqadaryo viloyati;
- Xotamova Munavvar Sayfulloyevna - Buxoro shahridagi 12-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati;
- Shodiyeva Muhabbat Aminovna - Sherobod tumanidagi 8-bolalar musiqa va san’at maktabining dutor sinfi o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati;
- Shodmonaliyeva Muxayyo Baxodirovna - Izboskan tumanidagi «Liderlar maktabi» nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi, matematika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati;
- Yusupova Maxpuza Numanovna - Namangan muhandislik-texnologiya institutining manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish kafedrasi professori, Namangan viloyati.
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Axadova Sanoat Xabibovna - Samarqand tumanidagi 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tojik tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati;
- Berdiyeva Shaxnoza Ergashevna - Sharof Rashidov tumanidagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati;
- Vaxabov Abduxamid - Farg‘ona viloyati Chim ustida xokkey federatsiyasi ijrochi direktori, murabbiyi;
- Garjiyev Ilmurat Xalmuxammetovich - To‘rtko‘l tumanidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Ismoilova Gulnora Samandarovna - Andijon shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining maxsus fan o‘qituvchisi, Andijon viloyati;
- Madrahimova Dildora Mirzaakbarovna - O‘zbekiston tumanidagi «Yangi umid va ishonch» oilaviy bolalar uyi rahbari, Farg‘ona viloyati;
- Sagitov Mirxan Mirgaziyan - Toshkent shahridagi «Tashkent Runners» yuguruvchilar jamiyati rahbari;
- Tursunova Marhabo Teshayevna - Vobkent tumanidagi 1-maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi, Buxoro viloyati;
- Tursunova Munavar Ergashevna - Kitob tumanidagi «Zvyozdochki kosmosa» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, Qashqadaryo viloyati;
«Shuhrat» medali bilan
- Abdrasuliyeva Arzayim Sabirbayevna - Qonliko‘l tumanidagi 18-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Abdulakimova Diljaxon Boltayevna - Termiz davlat universiteti akademik litseyining tarix fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati;
- Abdullayev Sarvar Ravshanovich - Toshkent shahridagi Inha universiteti lektori;
- Abdullayeva Feruza Erkinovna - Norin tumanidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati;
- Aliyorov Mansurxon Mashrabovich - Pop tumanidagi 11-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining fizika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati;
- Ashiraliyeva Nilufar Ummatkulovna - Sirdaryo tumanidagi 71-aqli zaif bolalar uchun maktab-internatining texnologiya fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati;
- Buryak Yelena Vladimirovna - Zarafshon shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;
- Gayepov Saidjon Utkirovich - Qarshi shahridagi 18-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati;
- Gulomova Dilbarxan Sadikovna - Shahrixon tumanidagi 44-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati;
- Doniyorova Aziza Maxmudovna - Guliston shahridagi «Intellekt» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, Sirdaryo viloyati;
- Dushayeva Zamira Pirnazarovna - Jomboy tumanidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Samarqand viloyati;
- Jaxonov Mexriddin Jamolivich - Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati;
- Ibragimov Azizbek Isroilovich - Olmaliq shahridagi «Buxoro maktabi» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, tarix fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati;
- Kim Vitaliy Nikolayevich - Mirobod tumanidagi «Mates» nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi, ingliz tili fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
- Qaxorova Shahnoza Sunnatillayevna - Navoiy shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;
- Qilichov Ne’matjon Yuldashovich - Xiva shahridagi 121-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati;
- Nazirov Xolimboy Nishonovich - Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
- Ramazonova Gulnoz Xalilovna - Buxoro tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati;
- Raximov Xaitmurat Usmanovich - Chiroqchi tumanidagi 124-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati;
- Raximova Xurzoda Kamulovna - Chirchiq shahridagi kasb-hunar maktabining maxsus fan o‘qituvchisi, Toshkent viloyati;
- Raxmatov Mirolim To‘xtayevich - G‘ijduvon tumanidagi «The school of mathematical academy» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati;
- Sattarova Xolida Azadovna - Xonqa tumanidagi 1-kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Xorazm viloyati;
- Soataliyeva Matluba Murodovna - Chortoq tumanidagi 4-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Namangan viloyati;
- Subonova Guzal Uktamovna - Paxtakor sanoat texnologiyalari texnikumining maxsus fan o‘qituvchisi, Jizzax viloyati;
- Sultanova Odina G‘opurovna - Bekobod shahridagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati;
- Umarova Feruza Abidinovna - Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;
- O‘rmonov Ne’matillo Maxamedovich - Xo‘jaobod tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati;
- Xidoyatova Nargiza Sadiqjonovna - Yunusobod tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent shahri;
- Xudayorov Hamza Murtazovich - Guliston shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati;
- Xolbutayeva Muqaddas Mamatmuratovna - Jizzax politexnika instituti akademik litseyining biologiya fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati;
- Xolmirzayev Sardor Zafar o‘g‘li - Sho‘rchi tumanidagi 125-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati;
- Xolmurzayev Xayotjon Kirgizbayevich - Farg‘ona tumanidagi «Le Crayon» nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi, kimyo fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati;
- Xudoynazarov Ilyos Abdurasulovich - Toshkent shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi;
- Shaymardanova Gavxar Egamberdiyevna - Oltinsoy tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati;
- Sherqulova Jamila Payanovna - Qarshi davlat universitetining mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati;
- Shodmonova Shaira Saidovna - Toshkent davlat pedagogika universitetining pedagogika kafedrasi professori;
- Eshonjonov Jamoldin Baxromjonovich - Chust tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati.