Rossiya prezidenti Vladimir Putin armiyaga kuzgi çaqiruv töğrisidagi farmonni imzoladi.

Çaqiruv 1 oktyabrdan 31 dekabrgaça davom etadi. Uning doirasida 18 yoşdan 27 yoşgaça bölgan 130 ming kişi armiyaga jönatiladi.

Avvalroq Rossiya Boş ştabi yangi çaqirilgan harbiy xizmatçilarni Ukrainadagi jangovar zonaga yuborişni rejalaştirmayotgani haqida xabar bergan edi.

Uşbu çaqiruv 27 yoş bilan çeklanadi. Ammo 2024 yil bahoridan 30 yoşgaça bölgan erkaklar ham harbiy xizmatga çaqiriladi.

Rossiya Davlat Dumasi Mudofaa böyiça qömitasi raisi Andrey Kartapolovning ta’kidlaşiça, çaqiruvda elektron çaqiruv qoğozlaridan foydalanilmaydi. Ular faqat sinov rejimida, an’anaviy qoğozlar bilan birga yuboriladi. Şu bilan birga, harbiy qömitaga uzrli sabablarsiz kelmaganlik uçun jarimalar miqdori 10 barobarga oşadi — 3 mingdan 30 ming rublgaça.