«Çeklovlar 2023 yil 1 oktyabrdan 2024 yil 31 martgaça amal qiladi», deyiladi Rossiya Markaziy banki xabarida.
Rossiya fuqarolari va döstona davlatlarning norezident jismoniy şaxslari bir oy içida xorijiy banklardagi istalgan hisob raqamlariga 1 million dollardan köp bölmagan yoki boşqa xorijiy valutadagi ekvivalentini ötkazişi mumkin böladi.
Pul ötkazmalari tizimlariga aloqador çeklovlar ham saqlanib qolmoqda - oyiga 10 ming dollardan köp bölmagan yoki boşqa xorijiy valutadagi ekvivalenti.
Rossiyada işlayotgan norezident şaxslar iş haqi miqdorida çet elga pul ötkazişi mumkin.
Rossiyada işlamaydigan, döstona mamlakatlardan kelgan norezident jismoniy şaxslar, şuningdek, bunday mamlakatlarning yuridik şaxslari uçun çet elga pul ötkazişni taqiqlaş çeklovi saqlanib qolmoqda. Uşbu çeklov Rossiya yuridik yoki jismoniy şaxslari nazorati ostida bölgan xorijiy kompaniyalarga taalluqli emas.
Döstona davlatlarning banklari, agar tölovçi va oluvçining xorijiy banklarda oçilgan hisob raqamlari bölsa, Rossiya kredit muassasalarida oçilgan vakillik hisobvaraqlari yordamida rublda pul ötkazmalarini amalga oşirişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Rossiya rasmiylari Özbekistonni döstona davlat sifatida tasniflaydi.













