Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temiryöl liniyasi qurilişi noma’lum muddatga qoldirildi. Şu yilning kuzida boşlanişi kerak bölgan loyiha asosiy sarmoyador Xitoy uçun ustuvorligini yöqotgan. Bu haqda Trans-Yevrosiyo taşuvlari böyiça xalqaro muvofiqlaştiruvçi kengaş boş kotibi Gennadiy Bessonov ma’lum qildi.
«Loyiha tayyor, ammo Pekin, Bişkek va Toşkent hozirça pul masalasida, aniqroği uni moliyalaştiriş nisbati böyiça kelişa olmayapti. Bu uzoq vaqt talab qilişi mumkin. Qirğiziston va Özbekistonda loyihani moliyalaştiriş uçun mablağ yöq. Xitoy hamma narsani öz zimmasiga olişi mumkin, ammo uşbu temir yöli bugungi kunning ustuvor yönalişi emas. Bu loyiha yuklarni Yevropaga yetkazib beriş uçun möljallanmagan, çunki hozir Trans-Sibir temir yöli va Döstlik (Qozoğiston) - Orenburg - Brest yönalişi böyiça poyezdlar qatnovi mavjud. Markaziy Osiyoning barça respublikalarida transport loyihalari haqida juda köp bahs-munozaralar ketmoqda, hamma yuk taşuvçi markazga aylanişni istaydi, biroq, hammasi pulga boğliq», dedi u.
454 kilometrlik «Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston» temiryöli loyihasi Xitoy va Özbekiston temiryöllarini Qirğiziston orqali boğlaş, söngra ularni «Yangi Ipak yöli» transport tizimining bir qismi sifatida Turkmaniston, Eron va Turkiya orqali Yevropa temiryöllari tarmoği bilan boğlaşni maqsad qilgan edi.
Qayd qilinişiça, uşbu loyihada qandaydir zamonaviy texnologiyalar yutuği yöq: temiryöl bir izli va elektrlaştirilmagan böladi. Demak, Xitoy tovarlarini Yevropaga yetkazişda zaif böğinga aylanadi.
2003 yilda Xitoy temiryöl liniyasining texnik-iqtisodiy asoslarini işlab çiqiş uçun 20 million yuan (2,4 million AQŞ dollari) ajratdi. Temiryölning dastlabki texnik-iqtisodiy asosini işlab çiqqan xitoylik mutaxassislar yangi yönalişning bir qator afzalliklarini qayd etdilar: yangi temiryöl mavjud transport yölagidan 900 kilometr qisqaroq, temiryöl qurilişi Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi transport aloqalarini yölga qöyiş va ularning dengiz portlariga qulay çiqişini ta’minlaydi.
Hukumatlararo kelişuvlarga köra, Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temiryöli qurilişini Xitoyning China National Machinery Import & Export Corporation (CNMIEC) kompaniyasi amalga oşirişi kerak edi.
Ta’kidlanişiça, muammo faqat pulda emas: bir neça milliard dollar Xitoy uçun muammo tuğdirmaydi. Ammo geosiyosiy qöşnilarni aylanib ötuvçi temiryöl qurilişi tufayli Qozoğiston va Rossiya bilan munosabatlarning muqarrar ravişda yomonlaşişi — hozirgi kunda Xitoyga kerak bölmagan boşoğriği.













